logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Al-Hilol" APL klubi yulduzi bilan kelishuvga erishdi

 17 AVGUST, 2026, 18:24

"Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkins Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o'tish bo'yicha shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda Livescore insayder Sasha Tavoleri ma'lumotiga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Saudiya klubi 30 yoshli angliyalik futbolchini joriy yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Karim Benzemaning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Biroq "Al-Hilol" hozircha Uotkins transferi bo'yicha "Aston Villa"ga rasmiy taklif yubormadi.

Qayd etilishicha, Saudiya klubi avvalo Benzema bilan bog'liq vaziyatni hal qilishi kerak. Frantsiyalik hujumchining amaldagi shartnomasi bo'yicha to'lovlarning bir qismi nafaqat "Al-Hilol", balki mamlakat futbol tuzilmalari bilan ham bog'liq. Benzema jamoani tark etishga rozi bo'lishidan oldin kelishuv bo'yicha qolgan barcha mablag' to'liq to'lanishini talab qilmoqda.

"Al-Hilol" rahbariyati Benzemaning ketishini joriy transfer oynasidagi ustuvor vazifalardan biri deb hisoblamoqda. Faqat ushbu masala hal qilinganidan so'ng klub Uotkins transferini rasmiylashtirishga kirishishi mumkin.

Olli Uotkins o'tgan mavsumni yuqori saviyada o'tkazib, 21 ta gol urdi. Uning ehtimoliy ketishi "Aston Villa" uchun jiddiy yo'qotish bo'lishi mumkin. Shunga qaramay, klubda 17 yoshli Brayan Madjoga katta umid bildirilmoqda — yosh futbolchi asosiy tarkibdan joy olish uchun raqobat qilishga tayyor deb hisoblanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ