Kanselu Ispaniyaga etib keldi (Video)
17 AVGUST, 2026, 17:12
Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu "Barselona"ga qaytish arafasida.
Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, futbolchi yangi shartnomani imzolash uchun Ispaniyaga etib kelgan. Kanselu "Al-Hilol" bilan amaldagi shartnomasini bekor qilib, "Barselona" safiga qo'shilishi kutilmoqda.
Portugaliyalik himoyachi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ham "Barselona" safida ijara asosida o'tkazgan edi.
Kanselu Kataloniya klubi uchun avval ham to'p surgan. Xususan, 2023/24 yilgi mavsumda "Barselona" uni "Manchester Siti"dan ijaraga olgan.
