Entso Mareska Fernandes bilan shaxsan uchrashmoqchi
17 AVGUST, 2026, 17:00
"Chelsi"ning argentinalik yarim himoyachisi Entso Fernandes hamon "Manchester Siti"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri bo'lib qolmoqda. Bu haqda Diario AS nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "shaharliklar" belgilangan muddatda futbolchi uchun rasmiy taklif yubormagan bo'lsa-da, Fernandes transferiga qiziqishini yo'qotmagan.
Qayd etilishicha, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Entso Mareska yaqin vaqt ichida argentinalik futbolchi bilan shaxsan uchrashishni rejalashtirmoqda. Mareska avvalroq "Chelsi"da Fernandes bilan birga ishlagan.
Shuningdek, Rodri, Tijjani Reynders va Savioning ehtimoliy sotuvlari Angliya vitse-chempioni uchun moliyaviy jihatdan Fernandes transferini amalga oshirishni osonlashtirishi ta'kidlanmoqda.
Agar kelishuv muvaffaqiyatli yakunlansa, "Manchester Siti" Entso Fernandesni Rodrining to'g'ridan-to'g'ri o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.
