logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Edegor: "Biz o'tgan yilgidan ham ko'proq sovrin istaymiz"

 17 AVGUST, 2026, 17:00

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Martin Edegor Angliya Superkubogidagi g'alabadan so'ng jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.

Avvalroq "kanonirlar" "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratib, yangi mavsumdagi ilk sovrinini qo'lga kiritgan edi.

"Albatta, o'tgan yili chempion bo'ldik, ammo endi yanada ko'prog'ini istaymiz. Premer-ligadagi muvaffaqiyatimizni takrorlashni xohlaymiz, lekin bundan tashqari boshqa sovrinlar ham bor. Hali ko'p jihatlar ustida ishlashimiz kerak va rivojlanish uchun imkoniyatlarimiz juda katta", — deya Edegorning so'zlarini Daily Mail Sport keltiradi.

"Arsenal" Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini 21 avgust kuni o'z maydonida "Koventri"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ