Romano: «Barselona» Dyokeresh transferi bo'yicha «Arsenal» bilan bog'lanmagan
17 AVGUST, 2026, 16:18
«Barselona» hujumchi Viktor Dyokeresh transferi yuzasidan hozircha «Arsenal» bilan aloqaga chiqmagan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, turli xabarlarda shvetsiyalik futbolchining «Kamp Nou»ga ko'chib o'tishi mumkinligi aytilgan bo'lsa-da, klublar o'rtasida qo'ng'iroqlar, to'g'ridan to'g'ri muloqot yoki rasmiy muzokaralar bo'lmagan.
«Barselona» Dyokereshni asosiy transfer maqsadi Xulian Alvaresga muqobil nomzodlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda. Biroq «Atletiko» o'z etakchisini sotishni istamayotgani sababli argentinalik hujumchining transferini amalga oshirish juda murakkab bo'lib qolmoqda.
Robert Levandovski va Ferran Torres jamoani tark etgach, Hansi Flik ixtiyorida tajribali markaziy hujumchiga ehtiyoj paydo bo'ldi. Shu bois transfer oynasi yopilishiga qadar aynan shu pozitsiyani kuchaytirish klubning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Dyokereshni sotib olish ham katta mablag' talab qiladi. 28 yoshli futbolchi o'tgan mavsum «Arsenal» safida 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi. London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta avvalroq hujumchi jamoada qolishini aytgan. Shu sababli «Arsenal» uning ketishiga osonlikcha rozi bo'lishi kutilmayapti.
