logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Odil Ahmedov Elit OChL qur'asida ishtirok etadi — Ronaldu O'zbekistonga kelishi mumkin

 17 AVGUST, 2026, 16:12

Krishtianu Ronaldu to'p suradigan «An-Nasr»ning Toshkent yoki Farg'onaga kelishini Odil Ahmedovning «hal qiladi».

O'zbekiston milliy jamoasining sobiq sardori 18 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda o'tkaziladigan Osiyo Chempionlar ligasi Elite musobaqasi liga bosqichiga qur'a tashlash marosimida ishtirok etadi.

Qur'a marosimi mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Grand Hyatt Kuala Lumpur mehmonxonasida boshlanadi. Unda 2026/27 yilgi mavsum liga bosqichida jamoalarning raqiblari hamda uchrashuvlarning uy yoki safarda o'tkazilishi aniqlanadi.

O'zbekistondan «Neftchi» va «Paxtakor» G'arbiy mintaqa qur'asida ishtirok etadi. «An-Nasr» ushbu klublardan biriga safar raqibi sifatida tushsa, Saudiya Arabistoni jamoasi mos ravishda Farg'ona yoki Toshkentga keladi.

Shu tariqa, qur'a natijasi Krishtianu Ronaldu va «An-Nasr» yulduzlarining O'zbekistonda maydonga tushish-tushmasligini ham belgilab beradi.

«Paxtakor» saralash bosqichida Iordaniyaning «Al-Husayn» jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etib, liga bosqichiga yo'llanma oldi. Toshkentliklarning gollariga Dostonbek Hamdamov ikki marta va Bashar Resan bir marta mualliflik qildi.

2026/27 yilgi mavsumdan Osiyo Chempionlar ligasi Elite ishtirokchilari soni 24 tadan 32 taga oshirildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi qur'a 18 avgust kuni Kuala-Lumpurda o'tkazilishini rasman tasdiqlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ