Chalxano'g'li «Betis»ga qarshi o'yinda jarohat oldi
17 AVGUST, 2026, 16:06
«Inter» yarim himoyachisi Hakan Chalxano'g'li «Betis»ga qarshi o'tkazilgan mavsumoldi nazorat uchrashuvida kichik jarohat oldi.
La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko'ra, turkiyalik futbolchi almashtirilishidan biroz avval zarba qabul qilib olgan. Dastlabki baholashlarga ko'ra, muammo jiddiy emas, ammo uning holati joriy hafta davomida nazorat qilinadi.
«Inter» 23 avgust, shanba kuni A Seriyaning yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini «Montsa»ga qarshi o'tkazadi. Chalhanog'luning «San-Siro»dagi mazkur bahsda ishtirok etishi qo'shimcha tibbiy tekshiruvlardan keyin ma'lum bo'ladi.
Agar 32 yoshli yarim himoyachi o'yinga tayyor bo'lmasa, Kristian Kivu uning o'rnida Pyotr Zelinski yoki Aleksandar Stankovichdan foydalanishi mumkin.
Barida o'tkazilgan «Betis»ga qarshi nazorat bahsi «Inter»ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni 82-daqiqada jamoaning yangi himoyachisi Jon Stounz urdi.
