logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kamerun ayollar milliy jamoasi tarixda ilk bor Afrika chempioni bo'ldi. Eto’O juda xursand (foto)

 17 AVGUST, 2026, 16:00

Kamerun ayollar milliy jamoasi tarixda ilk bor Afrika millatlar kubogi g'olibiga aylandi.

Marokash poytaxti Rabotda o'tkazilgan finalda kamerunlik futbolchilar turnir debyutanti Malavini 3:0 hisobida mag'lub etdi. Mari Nga Manga ikkita gol urgan bo'lsa, yana bir to'p Naomi Eto hisobiga yozildi.

Kamerunliklar Malavining asosiy hujum kuchlari — Tabita va Temva Chavinga opa-singillarini to'xtatishga muvaffaq bo'lib, finalda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bu Kamerunning Afrika millatlar kubogi finalidagi to'rtinchi ishtiroki edi. Jamoa avvalgi uchta hal qiluvchi o'yinda mag'lubiyatga uchragan, ammo bu safar tarixiy sovrinni qo'lga kiritdi.

Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti Samyuel Eto’O g'alabadan so'ng quvonchini yashira olmadi. Sobiq futbolchi maydonda jamoa a'zolari bilan birga chempionlikni nishonlab, o'yinchilarni tarixiy natija bilan tabrikladi.


Kamerun pley-offda Nigeriyani 1:0 hisobida mag'lub etdi, yarimfinalda esa mezbon Marokashni penaltilar seriyasida turnirdan chiqardi. Malavi ham musobaqada ilk bor ishtirok etishiga qaramay, finalgacha etib borib, o'z futboli tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ