logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Yan Diomande «Real»dagi debyutidan so'ng: «Hala Madrid!»

 17 AVGUST, 2026, 15:54

«Real Madrid»ning yangi futbolchisi Yan Diomande jamoa safidagi ilk o'yinidan so'ng taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Bu emblemani ilk bor taqib maydonga tushdim. Hala Madrid!» — deb yozdi 19 yoshli vinger ijtimoiy tarmoqda.

Diomande «Shalke-04»ga qarshi o'tkazilgan mavsumoldi nazorat uchrashuvida «Real» safida debyut qildi. U ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib, qariyb 30 daqiqa harakat qildi. Madridliklar bahsda 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Kot-d’Ivuarlik futbolchi qisqa vaqt ichida uchta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirib, bu ko'rsatkich bo'yicha uchrashuvdagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ