«Manchester Siti»ning 2023 yilgi chempion tarkibidan atigi uch futbolchi qoldi
17 AVGUST, 2026, 15:54
«Manchester Siti»ning 2023 yilgi Chempionlar ligasi finalida asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilaridan faqat uch nafari klubda qoldi.
Bular:
Erling Holand; Ruben Diash; Jek Grilish.2023 yil 10 iyun kuni Istanbulda «Inter»ga qarshi o'tkazilgan finalda Pep Gvardiola quyidagi asosiy tarkibni maydonga tushirgan edi:
Ederson, Manuel Akanji, Ruben Diash, Natan Ake, Jon Stounz, Rodri, Bernardu Silva, Kevin de Bryoyne, Ilkay Gyundogan, Jek Grilish va Erling Holand.
Uch yil ichida ushbu futbolchilarning sakkiz nafari jamoani tark etdi yoki ketish arafasida turibdi. So'nggi katta yo'qotish Rodri bo'lmoqda — 2023 yilgi finalda g'alaba golini urgan ispaniyalik yarim himoyachining «Barselona»ga transferi yakunlanmoqda.
«Manchester Siti» o'sha finalda «Inter»ni 1:0 hisobida mag'lub etib, klub tarixida ilk bor Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritgandi. Rodri 68-daqiqada yagona golga mualliflik qilgan. Bu g'alaba manchesterliklarga 2022/23 yilgi mavsumda trebl — APL, Angliya kubogi va Chempionlar ligasini yutish imkonini bergan.
Klubdagi katta o'zgarish faqat futbolchilar bilan cheklanmadi. Tarixiy tarkibni shakllantirgan Pep Gvardiola o'rnini ham Entso Mareska egalladi. Shu tariqa, 2023 yilda Evropa cho'qqisiga chiqqan «Manchester Siti»da yangi davr boshlanmoqda.

