logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ro'ziqul Berdiev «Nasaf» boshqaruvida 500-o'yinini o'tkazdi

 17 AVGUST, 2026, 15:48

«Nasaf» bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Qarshi klubi boshqaruvidagi 500-uchrashuvini o'tkazdi. Mutaxassis uchun yubiley o'yini Superliga 17-turidan o'rin olgan «Paxtakor»ga qarshi bahsga to'g'ri keldi.

Qarshida o'tkazilgan uchrashuvda «Nasaf» Toshkent jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, mazkur bahs Berdievning uzoq yillik murabbiylik faoliyatidagi muhim tarixiy ko'rsatkich bo'ldi.

Ro'ziqul Berdiev boshqaruvida «Nasaf» qayd etgan natijalar:

500 ta o'yin; 263 ta g'alaba; 121 ta durang; 116 ta mag'lubiyat.

Shu tariqa, qarshiliklar Berdiev qo'l ostidagi uchrashuvlarning 52,6 foizida g'alaba qozongan. Jamoa 76,8 foiz bahsda maydonni kamida bir ochko bilan tark etgan.

Berdiev 2012 yil oxiridan buyon «Nasaf» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Uning rahbarligida jamoa ilk bor O'zbekiston chempioni bo'ldi, bir necha marta mamlakat kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

54 yoshli mutaxassisning «Nasaf» bilan aloqasi murabbiylik faoliyatidan ancha oldin boshlangan. U 1997–2008 yillarda Qarshi klubi sharafini futbolchi sifatida ham himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ