"Chelsi" Pedru Netu uchun 117 mln evro talab qilmoqda
17 AVGUST, 2026, 15:48
Londonning "Chelsi" klubi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi qiziqish bildirayotgan Pedru Netuning transfer narxini belgiladi.
GiveMeSport ma'lumotiga ko'ra, "Al-Hilol" 26 yoshli portugaliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. "Chelsi" ham Netu bilan xayrlashishga qarshi emas, biroq hozircha "ko'klar"ga Saudiya klubi yoki boshqa jamoalardan birorta ham rasmiy taklif kelib tushmagan.
Manba ta'kidlashicha, London klubi Pedru Netuni 117 mln evroga baholamoqda.
Portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
