logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rasman: Serxio Buskets «Barselona»ga qaytdi

 17 AVGUST, 2026, 15:42

«Barselona»ning sobiq sardori Serxio Buskets klub tizimiga qaytdi. U «Barsa Atletik» bosh murabbiyi Juliano Bellettining yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi.

37 yoshli mutaxassis zaxira jamoasining kundalik ish jarayonida qatnashadi va yosh futbolchilar bilan ishlaydi. Shu bilan birga, Buskets murabbiylik litsenziyasini olish uchun maxsus kurslarda o'qishni davom ettiradi.

Bu tayinlov Buskets uchun murabbiylik faoliyatidagi ilk amaliy tajriba bo'ladi. U klub akademiyasini yaxshi bilishi va yuqori darajadagi katta tajribasi orqali «La Masiya» tarbiyalanuvchilarining asosiy jamoaga tayyorlanishiga yordam berishi kutilmoqda.

Buskets «Barselona» asosiy jamoasida 2008–2023 yillar davomida to'p surgan. U klub libosida 722 ta uchrashuv o'tkazib, 32 ta sovrinni qo'lga kiritgan. Ular orasida 9 ta Ispaniya chempionligi va 3 ta Chempionlar ligasi bosh sovrini bor.

Ispaniya milliy jamoasi bilan 2010 yilgi jahon chempionati va 2012 yilgi Evropa chempionatida g'olib chiqqan sobiq yarim himoyachi endi o'z tajribasini «Barselona»ning yosh avlodiga etkazishga kirishadi. Uning Belletti shtabiga qo'shilishi klubdagi sobiq futbolchilarni murabbiylik tizimiga jalb qilish siyosatining navbatdagi bosqichi bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ