logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mark Kasado «Barselona»dan ketishga tayyor, ammo Saudiya variantini rad etdi

 17 AVGUST, 2026, 15:36

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado yozgi transferlar oynasida jamoani tark etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Biroq futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tish niyatida emas. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchi faoliyatini Evropada davom ettirish va yuqori darajadagi musobaqalarda ishtirok etishni istayapti. Kasado muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan hamda unga ishonch bildiradigan murabbiy qo'l ostida to'p surishni afzal ko'rmoqda.

«Barselona» esa tarkibni qisqartirish va moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida uning transferini tezlashtirishga urinyapti. Kataloniyaliklar klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi uchun kamida 40 mln evro olishni rejalashtirgan.

Kasadoga «Al-Hilol» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiya Arabistoni klubi avvalroq taxminan 30 mln evrolik taklif bilan chiqqan, ammo «Barselona» uni qabul qilmagan. Endi «Al-Hilol» yaxshilangan taklif tayyorlamoqda.

Biroq ehtimoliy kelishuvdagi asosiy to'siq transfer qiymati emas, futbolchining qarori bo'lishi mumkin. Kasado moliyaviy jihatdan manfaatli Saudiya variantidan ko'ra, sport nuqtayi nazaridan jozibador Evropa klubini tanlashni istayapti.

Unga bir qator Evropa jamoalari ham qiziqish bildirgan, ammo futbolchi kelajagi borasida hali yakuniy qaror qabul qilmagan. «Barselona»ning uni sotishga tayyorligiga jamoa yarim himoyasidagi yuqori raqobat va klubning transferlar uchun mablag' bo'shatish istagi sabab bo'lmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ