logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Tottenxem» yarim himoyachisini 70 mln evroga sotishga tayyor

 17 AVGUST, 2026, 15:24

«Tottenxem» yarim himoyachisi Lukas Bergvall yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar klubini almashtirishi mumkin.

Jurnalist Geri Uord ma'lumotiga ko'ra, 20 yoshli shvetsiyalik futbolchi hamon «Nyukasl» va «Nottingem Forest» klublarining transfer ro'yxatida turibdi. Kutilishicha, har ikki jamoa ham transfer oynasining so'nggi kunlarida Bergvallni sotib olishga urinib ko'radi.

Manbaga ko'ra, «Tottenxem» futbolchi uchun 70 mln evro miqdorida taklif tushsa, uni qo'yib yuborishga tayyor.

Bergvall o'tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shvetsiyalik yarim himoyachining «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ