Kurtua "Real"ning yangi mavsum oldidan tayyorgarligiga baho berdi
17 AVGUST, 2026, 15:18
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua "Shalke"ga qarshi 3:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng yangi mavsumdan kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.
Belgiyalik golkiperning ta'kidlashicha, jamoa mavsum startiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda va futbolchilar yuqori maqsadlarga erishish uchun to'liq safarbar bo'lgan.
"Jamoa juda jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Hamma ishga butunlay berilgani ko'rinib turibdi. Biz ajoyib mavsum o'tkazishga intilyapmiz", — dedi Kurtua.
34 yoshli darvozabon o'tgan mavsumda "Real" safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 43 ta gol o'tkazib yuborgan. Shu bilan birga, u 17 ta bahsda darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo'lgan.
