Superliganing 17-tur o'yinlarini qariyb 68 ming muxlis stadiondan kuzatdi
17 AVGUST, 2026, 15:12
O'zbekiston Superligasining 17-tur uchrashuvlariga tashrif buyurgan muxlislar soni e'lon qilindi. Turning 8 ta bahsini stadionlardan jami 67 924 nafar tomoshabin kuzatdi.
Eng yuqori ko'rsatkich Andijonda qayd etildi. «Bobur arena»da o'tgan «Andijon» — «Neftchi» uchrashuviga 19 170 nafar muxlis tashrif buyurdi. «Navbahor» — «Bunyodkor» bahsini esa Namangan markaziy stadionida 18 782 nafar tomoshabin kuzatdi.
Qolgan o'yinlardagi tashrif ko'rsatkichlari quyidagicha bo'ldi: «Buxoro» — OKMK — 7 440, «Dinamo» — «Xorazm» — 7 328, «Nasaf» — «Paxtakor» — 6 370, «Qizilqum» — «Mash'al» — 5 147, «Qo'qon-1912» — «Lokomotiv» — 3 600 nafar.
Turning eng past ko'rsatkichi OKMK sport majmuasida o'tgan «Surxon» — «So'g'diyona» bahsida qayd etildi — uchrashuvni atigi 87 nafar muxlis stadiondan tomosha qildi.
17-turda har bir o'yinga o'rtacha 8 491 nafardan muxlis to'g'ri keldi.

