logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Manchester Siti" "Lill"ning 18 yoshli iqtidorini sotib olishga yaqin

 17 AVGUST, 2026, 15:12

Frantsiyaning "Lill" klubi 18 yoshli yarim himoyachisi Ayyub Buaddi yaqin vaqt ichida "Manchester Siti" safiga qo'shilishi mumkin.

BBC Sport ma'lumotiga ko'ra, "shaharliklar" Rodri Ernandesni "Barselona"ga sotganidan so'ng marokashlik iqtidorli futbolchining transferini shu haftaning o'zida yakunlashni rejalashtirmoqda. Kutilishicha, Manchester klubi Buaddi uchun 100 mln evro to'laydi.

Yosh yarim himoyachi o'tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U gol ura olmagan, ammo 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt portali Ayyub Buaddining hozirgi bozor qiymatini 80 mln evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ