"Manchester Siti" Malo Gyusto transferi ustida yana ish boshladi
17 AVGUST, 2026, 14:54
"Chelsi"ning qanot himoyachisi Malo Gyusto yana "Manchester Siti" qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "shaharliklar" 23 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi ustida yana ish boshlagan. "Manchester Siti"ning yangi bosh murabbiyi Entso Mareska avvalroq "Chelsi"da Gyusto bilan birga ishlagan.
Qayd etilishicha, Angliya vitse-chempioni futbolchiga qiziqishini saqlab qolmoqda, biroq transfer yo'lidagi asosiy to'siq hamon uning narxi bo'lib turibdi. "Chelsi" himoyachisi uchun 82 mln evro talab qilmoqda.
Malo Gyusto 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
