logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Tomas Myuller MLSda ketma-ket ikkinchi o'yinda gol urdi

 17 AVGUST, 2026, 14:36

«Vankuver» yarim himoyachisi Tomas Myuller MLS doirasida «Sietl»ga qarshi o'tkazilgan uchrashuvda gol urdi. Bahs «Vankuver»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

36 yoshli germaniyalik futbolchi chempionatda ketma-ket ikkinchi o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Bunga qadar Myuller MLSda 5 ta uchrashuv davomida gol ura olmagan edi. U avvalgi golini 18 aprel kuni «Kanzas Siti»ga qarshi 3:0 hisobida yakunlangan bahsda kiritgandi.

«Bavariya»ning sobiq futbolchisi joriy MLS mavsumida jami 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ