logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nevin "Arsenal"ni APL va Chempionlar ligasida jiddiy da'vogar deb hisoblamoqda

 17 AVGUST, 2026, 14:30

Sobiq mashhur futbolchi Pet Nevin Londonning "Arsenal" klubini Angliya Premer-ligasining yangi mavsumida chempionlik uchun asosiy favorit deb hisoblaydi.

Uning fikricha, "kanonirlar"ning hozirgi tarkibi qisqa muddatda shakllanmagan, balki bir necha yillik izchil ish samarasi hisoblanadi.

"Men "Arsenal"ga qarayman va bu jamoa olti oy emas, to'liq olti yildan beri qurilmoqda. Ular har yili tarkibni rivojlantirishda davom etyapti va hozir o'tgan yildagidan ham kuchliroq. Men ularni Chempionlar ligasida ham hisobdan chiqarmas edim", — deya Nevinning so'zlarini BBC keltiradi.

Yaqinda Mikel Arteta shogirdlari Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi. "Arsenal" hal qiluvchi bahsda "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi.

"Kanonirlar" Premer-liganing yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 21 avgust kuni "Koventri"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ