logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Brayton" Baleba uchun talab qilayotgan narxni sezilarli pasaytirdi

 17 AVGUST, 2026, 14:30

"Brayton" tayanch yarim himoyachisi Karlos Baleba yozgi transfer oynasida jamoasini tark etishi mumkin.

Daily Mail Sport ma'lumotiga ko'ra, "Brayton" 22 yoshli kamerunlik futbolchini taxminan 70-76 mln evro evaziga sotishga tayyor. Balebaga "Manchester Yunayted" hamon jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manchester klubi futbolchini bir yildan ortiq vaqtdan buyon kuzatib kelyapti.

Avvalroq "Brayton" o'z yarim himoyachisi uchun taxminan 117 mln evro talab qilgani sababli transferni amalga oshirish qiyinlashgan edi. Endi esa klub talab qilayotgan summa sezilarli darajada pasaygan.

Shu bilan birga, Baleba uchun kurashga "Nyukasl" ham qo'shilgani ta'kidlanmoqda.

Karlos Baleba o'tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma qayd eta olmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ