Kovachich «Manchester Siti»ning asosiy etakchilarini sanab o'tdi
17 AVGUST, 2026, 13:30
«Manchester Siti»ning 32 yoshli yarim himoyachisi Mateo Kovachich jamoadagi maqomi va etakchilik roli haqida fikr bildirdi.
Xorvatiyalik futbolchining ta'kidlashicha, u hozir «shaharliklar» tarkibidagi eng tajribali o'yinchilardan biri hisoblanadi va maydonda jamoa etakchilaridan biri bo'lishga intiladi.
«Hozir men «Manchester Siti»dagi eng katta yoshli futbolchilardan biriman. Albatta, etakchilardan biri bo'lish yoqimli. Men maydonda etakchi bo'lishga harakat qilaman, ammo jamoamizda Ruben Diash va Erling Xoland kabi ajoyib futbolchilar ham bor», — deya Kovachichning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Avvalroq «Manchester Siti» Angliya Superkubogi uchun bahsda «Arsenal»ga 0:3 hisobida yirik mag'lubiyatga uchragan edi. Kovachich uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 79 daqiqa maydonda harakat qildi.
«Manchester Siti» Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi birinchi turida 23 avgust kuni o'z maydonida «Bornmut»ni qabul qiladi.
