logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mourino "Real"dagi ilk rasmiy o'yini uchun tayanch juftligini tanladi

 17 AVGUST, 2026, 13:24

Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionatining yangi mavsumi startiga tayyorgarlik ko'rmoqda. La Liganing birinchi turida "qirollik klubi" safarda "Espanol"ga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu bahs Joze Mourino uchun "Real"ga ikkinchi bor qaytganidan keyingi ilk rasmiy uchrashuv bo'ladi.

Marca ma'lumotiga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis birinchi tur bahsida tayanch yarim himoya chizig'ida Bernardu Silva va Federiko Valverde juftligidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Katta ehtimol bilan, "Real" 4-2-3-1 sxemasida harakat qiladi. Bunda Bernardu Silva va Valverde tayanch zonasida o'ynaydi, ulardan oldinroq esa hujumkor yarim himoyachi joylashadi.

"Espanol" — "Real" uchrashuvi 22 avgust, shanba kuni bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ