logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Liverpul" yarim himoyachisi "Inter"ga o'tishga rozilik berdi

 17 AVGUST, 2026, 12:18

"Liverpul" yarim himoyachisi Kyortis Jons yaqin vaqt ichida Milanning "Inter" klubiga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, angliyalik futbolchi hali yozgi transfer oynasi ochilishidan oldin "neradzurri" safiga qo'shilishga rozilik bergan. Klublar o'rtasidagi muzokaralar qiyin kechayotgan bo'lsa-da, tomonlar kelishuvga yaqinlashmoqda.

Jurnalist Janluiji Longari xabar berishicha, transfer jarayonida ishtirok etayotgan vositachilar "Liverpul" yakunda taklifga rozi bo'lishiga ishonmoqda. "Inter" esa muzokaralarni tezlashtirish niyatida va yaqin vaqt ichida yangi taklif bilan chiqishni rejalashtirgan.

Italiya grandi Kyortis Jonsning o'zi bilan shartnoma shartlarini to'liq kelishib olgan.

Transfer summasi bonuslarsiz taxminan 30 mln evro bo'lishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ