logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Manchester Yunayted" va "Arsenal" "Bayer" himoyachisi uchun kurash olib bormoqda

 17 AVGUST, 2026, 11:54

FootballTransfers jurnalisti Stiv Key ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Yunayted" "Bayer" himoyachisi Jarrell Kuansani o'z safiga qo'shib olish uchun "Arsenal" bilan raqobatlashishga tayyor.

London klubi allaqachon 23 yoshli futbolchining transferi yuzasidan "Bayer" bilan muzokaralarni boshlagan. "Manchester Yunayted" esa ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilish uchun Kuansani vakillari bilan aloqaga chiqqan.

Angliyalik futbolchi markaziy himoyachi va o'ng qanot himoyachisi pozitsiyalarida harakat qila oladi. Uning universalligi Premer-liganing har ikki klubi uchun ham jozibador jihatlardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Hozircha Kuansa uchun kurashda "Arsenal"ning imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda. Biroq "Bayer" o'z futbolchisini osonlikcha qo'yib yubormoqchi emas. Leverkuzenliklar uni "Liverpul"dan xarid qilish uchun sarflagan 35 mln evrodan sezilarli darajada ko'proq mablag' talab qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq "Liverpul" Kuansani shu yozning o'zida 80 mln evro evaziga qaytarib sotib olish huquqiga ega edi. Biroq ushbu optsiyaning amal qilish muddati allaqachon yakunlangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ