logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Uoker yangi tug'ilgan qiziga noodatiy ism qo'ydi

 17 AVGUST, 2026, 11:48

«Byornli» himoyachisi Kayl Uoker va uning ayoli Enni Kilner farzandlariga «R» harfi bilan boshlanadigan ism berish an'anasini saqlab qolishdi.

To'rt o'g'ildan (Roman, Rian, Reyn va Rizon) so'ng iyun oyida juftlikning qiz farzandi dunyoga keldi. Ular qizaloqning ismini ma'lum qilishdi. Qizchaga Royal Wish (Royal Vish — «Qirollik Istagi») deb ism qo'yishdi.

«Vish ismi juda ajoyib va uning ota-onasi qizchalarini juda yaxshi ko'rishadi. Bu mukammal ism — ular bundan yaxshirog'ini orzu ham qila olishmasdi. Nazarimda, endi oila to'liq shakllandi», — dedi Kayl va Enniga yaqin manba The Sun nashriga.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ