«Barselona» Ferran Torres o'rniga APL yulduzi variantini ko'rib chiqmoqda
17 AVGUST, 2026, 11:48
Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh «Barselona»ning e'tibor markaziga tushdi.
Jurnalist Xose Alvaresning xabar berishicha, «ko'k-anorranglilar» 28 yoshli shvetsiyalik futbolchini «PSJ»ga o'tib ketgan Ferran Torresning o'rnini bosadigan muqobil variantlardan biri sifatida ko'rib chiqishmoqda. Kataloniya klubi ushbu transfer oynasida «kanonirlar» forvardini sotib olish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
Transfermarkt portali Viktor Dyokereshning bozor qiymatini 65 million evroga baholamoqda. O'tgan yilning yozida London grandi hujumchini Lissabonning «Sporting» klubidan deyarli 67 million evro evaziga sotib olgan edi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» Ferran Torresning sotuvidan taxminan 50 million evro ishlab oldi.
