logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Lans» bosh murabbiyi «PSJ» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng futbolchilariga murojaat qildi

 17 AVGUST, 2026, 11:42

Yakshanba kuni «Lans» Frantsiya Superkubogi sohibiga aylandi. Jamoa «PSJ»ni 1:0 hisobida mag'lublikka uchratdi. Trovni qo'lga kiritgach, «oltin ranglilar» bosh murabbiyi Dino Toppmyoller kiyinish xonasida o'z shogirdlariga murojaat qildi.

«G'alaba bilan tabriklayman. Maydonda ko'rsatgan xarakter va kayfiyatingiz bilan hamma «Lans» aslida nima ekanini tushunib etdi. Biz hech kimdan qo'rqmaymiz. Agar bizda shunday ruh saqlanib qolsa, yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkin. Tabriklayman, sizlar bilan juda faxrlanaman», — dedi mutaxassis Ligue 1+ tomonidan e'lon qilingan videorolikda.

Eslatib o'tamiz, «Lans» o'tgan mavsumda Liga 1 jadvalida ikkinchi o'rinni egallagan va Frantsiya Kubogida ham zafar quchgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ