logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kiran Gibbs "Arsenal"ning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinini yuqori baholadi

 17 AVGUST, 2026, 11:24

Londonning "Arsenal" klubi sobiq himoyachisi Kiran Gibbs Angliya Superkubogi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'tkazilgan uchrashuvda jamoaning o'yiniga baho berdi.

Yakshanba kuni bo'lib o'tgan bahs Mikel Arteta shogirdlarining 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.

"Arsenal" fenomenal o'yin ko'rsatdi. Menimcha, ular bundan keyin ham xuddi shu tarzda o'ynash niyatida. Futbolda hech qachon voqealardan ilgarilab ketmaslik kerak, ammo "Arsenal" mavsumni shunchaki ajoyib boshladi", — deya Gibbsning so'zlarini DailyAFC keltiradi.

Kiran Gibbs futbolchilik faoliyati davomida "Arsenal" safida 200 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan.

"Manchester Siti"ga qarshi bahsda "kanonirlar"ning gollariga Rikkardo Kalafori, Kay Havertts va Martin Edegor mualliflik qildi. Ular mos ravishda uchrashuvning 1, 28 va 48-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol etishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ