logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"U top-futbolchi bo'ladi" — Arteta Kalafori haqida

 17 AVGUST, 2026, 11:18

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa himoyachisi Rikkardo Kalaforining o'yiniga yuqori baho berdi.

Yakshanba kuni "Arsenal" Angliya Superkubogi bahsida "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq Kalafori hisobni ochdi. Keyinchalik Kay Havertts va Martin Edegor ham raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Arteta italiyalik himoyachining nafaqat mudofaada, balki hujumda ham katta foyda keltira olishini alohida ta'kidladi.

"Kalafori har tomonlama mukammal futbolchi bo'la oladi. Raqib jarima maydoniga kirganida u o'zining sezgisi va iqtidorini ishga soladi — golli vaziyatlar yaratish va gol urish qobiliyatiga ega. Shu bilan birga, u himoyada qanday harakat qilish kerakligini ham juda yaxshi biladi.

Agar biz uning jismoniy holatini optimal darajada ushlab tura olsak, Rikkardo top-futbolchiga aylanadi. U o'yinning barcha jihatlarida yanada barqaror bo'lishi kerak va biz uning bunga qodirligini yaxshi bilamiz", — deya Artetaning so'zlarini "Arsenal" rasmiy sayti keltiradi.

"Kanonirlar" 21 avgust kuni Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi birinchi turida o'z maydonida "Koventri"ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ