logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Manchester Yunayted" "Bavariya" himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

 17 AVGUST, 2026, 11:18

"Bavariya" markaziy himoyachisi Kim Min Je hamon "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadlari qatorida turibdi.

"Qizil iblislar" himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida va janubiy koreyalik futbolchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqishda davom etmoqda. Transfer News Live jurnalist Ekrem Konurga tayanib xabar berishicha, Manchester klubi 29 yoshli himoyachiga bo'lgan qiziqishini yo'qotmagan.

Biroq futbolchining o'zi hozircha Myunxenda qolishni afzal ko'rmoqda.

Transfermarkt mutaxassislari Kim Min Jening bozor qiymatini 20 mln evroga baholamoqda. Markaziy himoyachining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.

Avvalroq "Napoli"ning sobiq futbolchisiga "Fenerbaxche", "Yuventus" va "Aston Villa" klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ