logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Flik bu futbolchiga yangi mavsumda unga ishonmasligini bildirgan

 17 AVGUST, 2026, 11:12

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado yaqin vaqt ichida kataloniyaliklar safini tark etishga tayyorlanmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar"dan Tommi Markes ortidan ketadi. Markesning Portugaliyaning "Braga" klubiga transferi allaqachon kelishib olingan.

Kasadoning faoliyatini qaerda davom ettirishi hozircha noma'lum. Shu bilan birga, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bilan muzokaralar hamon olib borilmayapti. Futbolchining agenti Jorje Mendesh mijozi uchun yangi klub topish ustida ishlashda davom etmoqda.

Turli manbalar tarqatgan xabarlarga ko'ra, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Kasadoga kelasi mavsumda unga asosiy tarkibda ishonmasligini ochiq ma'lum qilgan.

Transfermarkt portali Mark Kasadoning hozirgi bozor qiymatini 18 mln evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ