"Arsenal" himoyachisi Kalafori Angliya Superkubogida XXI asr rekordini o'rnatdi
17 AVGUST, 2026, 11:00
"Arsenal" himoyachisi Rikardo Kalafori Angliya Superkubogi tarixida so'nggi 58 yil ichidagi eng tezkor gol muallifiga aylandi, deb xabar bermoqda Opta.
Angliya Superkubogi–2026 finalida "Arsenal" "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda hisob 23-soniyadayoq ochildi — 24 yoshli italiyalik himoyachi Kalafori raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Bu gol Angliya Superkubogida 1968 yildan buyon urilgan eng tezkor gol bo'ldi. O'shanda "Manchester Siti" hujumchisi Bobbi Ouen "Vest Bromvich"ga qarshi bahsda shunday natija qayd etgan edi.
Uchrashuvning qolgan qismida "Arsenal" safida Kay Haverts va Martin Edegor ham gol urdi. Natijada londonliklar 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" 2025/2026 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumini chempion sifatida yakunlagan. Jamoa 38 ta uchrashuvda 85 ochko to'plagan. Shuningdek, o'tgan mavsumda Chempionlar ligasi finaligacha etib borgan "to'pchilar" hal qiluvchi bahsda PSJga 1:1 (penaltilar seriyasida 3:4) hisobida mag'lub bo'lgan edi.
