logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Din Xyoysen "Real"da 4-raqamni tanlashiga Serxio Ramos sabab bo'lganini aytdi

 17 AVGUST, 2026, 10:48

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen "Shalke 04"ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Qirollik klubi"ning mavsumoldi tayyorgarligi doirasidagi so'nggi uchrashuvi 3:0 hisobidagi yirik g'alaba bilan yakunlandi. Xyoysen jamoasining ikkinchi golini urdi. Shuningdek, Kilian Mbappe va Karlos Espi ham raqib darvozasini ishg'ol qildi.

21 yoshli ispaniyalik himoyachi o'z golini Arda Gyulerning aniq uzatmasidan keyin bosh bilan kiritganini ta'kidladi.

"Golim? Arda Gyuler juda ajoyib uzatma berdi. Men to'pni bosh bilan darvoza tomon yo'lladim va, baxtimga, u darvozaga kirdi", — dedi Xyoysen.

Futbolchi, shuningdek, "Real" safida 4-raqam ostida harakat qilish uning azaliy orzusi bo'lganini ma'lum qildi. Bu raqamni tanlashiga madridliklar afsonasi Serxio Ramos ta'sir ko'rsatgan.

"Men doim 4-raqamda o'ynashni orzu qilganman. Serxio Ramos — mening kumirim", — deya Xyoysenning so'zlarini Madrid Xtra keltiradi.

"Real" 22 avgust, shanba kuni Ispaniya La Ligasidagi yangi mavsumini boshlaydi. Madridliklar birinchi turda safarda "Espanol"ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ