logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Flik «Barselona»ga yana bir transfer kerak bo'lishi mumkinligini tan oldi

 17 AVGUST, 2026, 08:00

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mavsum startiga qadar klub yana bir transferni amalga oshirishi mumkinligini istisno etmadi. Uning so'zlariga ko'ra, bu bo'yicha yakuniy qaror shu hafta ichida qabul qilinadi.

«Ehtimol, bizga nimadir etishmayotgandir, buni shu haftada ko'rib chiqamiz. Mashg'ulotlarda shiddat va sifat bor, jamoa o'sayotganini ko'ryapman. Ammo o'tgan mavsumdagi darajani saqlab qolish uchun astoydil mehnat qilishimiz kerak», dedi Flik.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» o'rtoqlik uchrashuvida Shveytsariyaning «Bazel» klubini 5:2 hisobida tor-mor etdi. Klub hozirda Rodri va Xulian Alvares transferlari bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ