logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kukurelya: «Juda baxtiyorman, buning ortida katta mehnat yotibdi»

 17 AVGUST, 2026, 07:54

«Shalke-04»ga qarshi kechgan va «qirollik klubi»ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'rtoqlik o'yinida «Real Madrid» safida ilk daqiqalarini o'tkazgan himoyachi Mark Kukurelya o'z taassurotlarini bildirdi. Ispaniyalik futbolchi bahsning 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan edi.

«Men juda baxtiyorman. Buning ortida juda katta mehnat yotibdi, so'nggi yillarda qilgan sidqidildan harakatlarim va sa'y-harakatlarim o'z mevasini berdi. Ilk daqiqalarimni uzoq kutdim, lekin sekin-asta ritmga kirib boryapman va mavsumni boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman», dedi futbolchi.

Shuningdek, shu yozda «Real»ga ko'chib o'tgan Kukurelya jamoadoshlari uning ko'nikish jarayonini engillashtirayotganini va muxlislar uni juda issiq kutib olishganini alohida ta'kidladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ