logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Alisson: «Biz katta narsalarni orzu qilamiz, lekin ko'p mehnat qilamiz»

 17 AVGUST, 2026, 07:48

«Liverpul» darvozaboni Alisson Bekker Italiyaning «Komo» klubiga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinidagi g'alabadan (2:0) so'ng yangi mavsum oldidan o'z fikrlari va kutilmalari bilan o'rtoqlashdi. Uning ta'kidlashicha, jamoa Angliya Premer-ligasining startiga to'liq tayyor.

«Biz katta narsalarni orzu qilamiz, lekin ko'p mehnat qilamiz. Bizda hali yanada yaxshilanish uchun imkoniyat va joy bor, ammo eng yaxshi xabar shundaki, biz aynan shu holatda ham g'alaba qozonmoqdamiz. «Nyukasl»ga qarshi kechadigan dastlabki o'yinga aynan shunday kayfiyat bilan yondashishimiz kerak», dedi Alisson.

Eslatib o'tamiz, «Liverpul» APLning yangi mavsumi 1-turida safarda «Nyukasl Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ