«Tottenxem» Vikarioni «Yuventus»ga ijaraga berishdan bosh tortdi
17 AVGUST, 2026, 07:36
«Tottenxem» klubi darvozabon Gulelmo Vikarioni «Yuventus»ga ijaraga berish bo'yicha qilingan taklifni rad etdi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar qilishicha, «shporlar» turinliklarning keyinchalik majburiy sotib olish shartisiz ijaraga olish taklifiga rozi bo'lishmagan. Shu sababli ushbu transfer muzokaralari to'xtab qoldi. Londonliklar o'z pozitsiyasini yumshatmasa, italiyalik darvozabonning Turinga o'tishi amrimahol bo'lib qolmoqda.
Zion Sudzuki transferi barbod bo'lgach, «Yuventus» diqqatini yana «Aston Villa» posboni Emiliano Martinesga qaratdi. Bir tomondan o'zi ham Sudzukini o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan «Aston Villa» argentinalik posbon uchun 10 million evro so'ramoqda. «Yuventus» esa 7 million evro + 3 million evro bonus taklif qilgan. Tomonlar o'rtasidagi bu farqni osongina bartaraf etsa bo'ladigan farq deb baholashmoqda.
