logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» o'z yarim himoyachisini Portugaliya klubiga sotmoqda

 17 AVGUST, 2026, 07:30

«Barselona» yarim himoyachisi Tommi Markes «Braga»ga o'tishga juda yaqin. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, Portugaliya klubi 19 yoshli futbolchining transferi bo'yicha kataloniyaliklar bilan kelishuvga erishgan.

«Barselona» o'z akademiyasi tarbiyalanuvchisining sotuvidan 10 million evro va yana 2 million evro bonus ko'rinishida ishlab oladi. Yosh ispaniyalik futbolchiga Germaniya Bundesligasining ikki klubi ham qiziqish bildirgan edi, biroq u «Braga» variantini ma'qul ko'rdi.

Tommi Markes «Barselona»ning asosiy tarkibida shu yilning fevral oyida, La Liga doirasidagi «Malorka»ga qarshi o'yinda debyut qilgan edi. Transfermarkt portali tomonidan 3 million evroga baholanayotgan yarim himoyachi umumiy hisobda kataloniyaliklarning asosiy jamoasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ