Mareska: «Transfer oynasi yopilguniga qadar albatta nimadir qilamiz»
17 AVGUST, 2026, 07:24
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska Angliya Superkubogida «Arsenal»dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan (0:3) so'ng klubning transfer rejalari hamda maydonga tushmagan etakchi yarim himoyachi Rodri haqida to'xtalib o'tdi.
«O'yingacha ham tarkibga nima kerakligini yaxshi bilar edik. Bu o'yin natijasidan qat'i nazar, baribir shunday fikrda bo'lardik. Nima qilish kerakligini juda aniq tushunib turibmiz va transfer oynasi yopilguniga qadar albatta nimadir qilamiz», — dedi murabbiy Sky Sports nashriga.
«Rodri — Johon chempioni va "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan futbolchi. Har bir jamoaga Rodriga o'xshash o'yinchi kerak. Gap Rodrini qanchalik qo'msaganimizda emas. Bugun maydonga tushganlarga kelsak… Menimcha, Elliot Anderson juda yaxshi o'ynadi — bu uning ilk o'yini edi. Mateo Kovachich ham yaxshi harakat qildi.
Bunday mag'lubiyatdan so'ng tahlil qilish uchun ko'plab jihatlarni topish mumkin. Biz shunchaki hammasini to'g'ri tahlil qilishimiz, sodir bo'lgan voqealarni ko'rib chiqishimiz va diqqatimizni keyingi o'yinga qaratmog'imiz lozim», dedi Mareska.
