«Manchester Siti» Rodri «Barselona»ga sotilgach, Buaddi transferiga e'tibor qaratadi
17 AVGUST, 2026, 07:24
«Manchester Siti» klubi ispaniyalik yarim himoyachi Rodrining «Barselona»ga sotilishi fonida Frantsiyaning «Lill» klubi xavbeki Ayyub Buaddi transferi bo'yicha faol ish olib borishni rejalashtirmoqda.
Kutilishicha, Marokash terma jamoasining 18 yoshli futbolchisi bir yildan so'ng emas, aynan shu yozgi transfer oynasida ingliz klubiga o'tadi.
«Shaharliklar» allaqachon iqtidorli yarim himoyachi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan.
