Martinelliga yangi xaridor paydo bo'ldi
17 AVGUST, 2026, 07:12
Londonning «Arsenal» klubi vingeri Gabriel Martinellining jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar yana avj olmoqda. 25 yoshli braziliyalik futbolchiga Qatarning «As-Sadd» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Matteo Morettoning xabar qilishicha, qatarliklar vinger atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib borishmoqda.
«Arsenal» rahbariyati o'z futbolchisini 50 million evrodan ortiq summaga sotishni rejalashtirmoqda. Taqqoslash uchun, Transfermarkt portali Martinellining bozor qiymatini 45 million evroga baholagan.
Shuningdek, Martinelli xizmatlariga Italiyaning «Napoli» hamda Turkiyaning «Galatasaroy» klublari ham befarq emas.
Eslatib o'tamiz, Gabriel Martinelli yakshanba kuni Angliya Superkubogi doirasida kechgan «Manchester Siti»ga qarshi o'yin (3:0) qaydnomasiga kiritilmagan edi.
