logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Iraola: «Menimcha, o'tgan haftadagiga qaraganda yaxshiroq o'ynayapmiz»

 17 AVGUST, 2026, 07:06

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Italiyaning «Komo» klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida qozonilgan 2:0 hisobidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«O'ylashimcha, “quruq” g'alabadan so'ng ushbu kayfiyatni his qilish biz uchun muhim edi. Shunga qaramay, birinchi bo'lim ikkinchisiga qaraganda yaxshiroq chiqdi, ammo hech bo'lmaganda uyushqoqlik bilan va xotirjam o'ynashda davom etdik hamda o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubormay g'alaba qozondik. Buni his qilishimiz kerak edi.

Menimcha, o'tgan haftadagiga qaraganda yaxshiroq o'ynayapmiz. Biroq, keyingi haftada bugungidan ham kuchliroq bo'lamiz, deb umid qilaman. Bu tabiiy hol, lekin baribir birinchi bo'limlarimiz ikkinchisidan yaxshiroq kechmoqda. Bugun ko'plab futbolchilar 80-90 daqiqadan o'ynashdi va mushaklarida torshishishlarsiz o'yinni yakunlashdi. Shu sababli jismoniy holatni yanada yaxshilash va jiddiy xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun charchoq sezilganda ham diqqat-e'tiborni saqlab qalish lozim. Bu o'sish, deb o'ylayman, ammo baribir — ayniqsa ikkinchi bo'limda — bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz kerak», — dedi Iraola mersisaydliklarning rasmiy saytiga.

Uchrashuvda «Liverpul» safida Kodi Gakpo (23') va Jeremi Jake (44') tomonidan kiritilgan gollar g'alabani ta'minladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ