logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Lukkaga «Jenoa» qiziqish bildirdi

 17 AVGUST, 2026, 07:06

Italiyaning «Napoli» klubi «Nottingem Forest»dagi unchalik omadli kechmagan ijaradan so'ng jamoaga qaytgan Lorentso Lukka uchun yangi klub izlashda davom etmoqda. Avvalroq Lukka Rimning «Latsio» klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi, ammo endi yana bir variant — «Jenoa» paydo bo'ldi.

Genuya klubi maydonda sof «to'qqizlik» pozitsiyasida o'ynaydigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda, Lukka esa aynan shu ampluada harakat qiladi. Biroq yakuniy qaror transfer oynasining oxiriga yaqin qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, «Jenoa»ning short-listida «Milan»da ishlari yurishmayotgan meksikalik forvard Santyago Ximenes nomzodi ham bor, deb xabar beradi calcionapoli1926.it.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ