logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kapello: «Kamarda imkoniyatga loyiq»

 17 AVGUST, 2026, 07:00

«Milan» klubining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello klub rahbariyati franchesko Kamardaga ko'proq ishonch bildirishi lozimligini va yosh futbolchiga o'z mahoratini ko'rsatish uchun imkoniyat berilishi kerakligini ta'kidladi.

«Kamardada katta salohiyat ko'ryapman. U yaxshi harakat qiladi va to'p bilan sifatli ishlaydi. Unga munosib imkoniyat berish vaqti keldi. Allegri ham unga ishongan edi. Jasurroq bo'lish va o'yinchilarni “zaxirada chiritib yubormaslik” kerak», — dedi Fabio Kapello pianetamilan.it nashriga.

Eslatib o'tamiz, Italiya A Seriyasining yangi mavsumi shu hafta oxirida boshlanadi. Birinchi turda «Milan» Turinda «Torino»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ