logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Arteta Angliya Superkubogidagi golidan so'ng Edegor haqida to'xtaldi

 17 AVGUST, 2026, 06:54

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Superkubogi-2026 doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan o'yindagi Martin Edegorning ijrosiga baho berdi.

«Kanonirlar» sardori uchrashuvning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Norvegiyalik yarim himoyachi 48-daqiqada gol urib, tablodagi yakuniy 3:0 hisobini o'rnatdi.

«Edegor turli sabablarga ko'ra besh-alti oyni o'tkazib yubordi va unga sport formasini tiklab olish juda qiyin bo'ldi. Ishonchim komilki, agar biz uni yaxshi jismoniy holatda ushlab tura olsak va yuklamalarni to'g'ri taqsimlasak, bu mavsumda butunlay boshqacha Martinni ko'ramiz. Uning o'zini ko'rsatishga va hammaga nimalarga qodirligini isbotlashga bo'lgan ishtiyoqini hamisha ko'rganman. Bu biz uchun juda muhim», — deydi Arteta «Arsenal» rasmiy saytiga.

Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda «Arsenal» tarkibida Rikkardo Kalafori va Kay Xaverts ham o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ