logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Iraola «Komo»ga qarshi o'yinda Jake va Arauxoning harakatlarini yuqori baholadi

 17 AVGUST, 2026, 06:54

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Italiyaning «Komo» klubiga qarshi kechgan va 2:0 hisobida yakunlangan o'rtoqlik o'yinidan so'ng jamoaning yangi himoyachilari Jeremi Jake hamda Ronald Arauxoning o'yinlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Ha, ikkalasi ham juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Jeremi juda ajoyib o'ynadi, deb o'ylayman. Ronald ham maydonga tushganidan so'ng o'zini ko'rsata oldi. Bu jamoadagi ikki yangi a'zo va ikkalasi uchun ham bu birinchi o'yin edi, lekin ular o'zlarini eng yaxshi tomondan ko'rsatishdi. Shuningdek, Jeremi Frimpong ham o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida 90 daqiqa harakat qilib, hujumda yordam berdi va o'z zonasini juda yaxshi yopdi. Bugun himoyada sifatli o'yin ko'rsatdik», — deydi Iraola mersisaydliklarning rasmiy saytiga.

Uchrashuvda «Liverpul» safida gollarga Kodi Gakpo (23') va yangi xarid Jeremi Jake (44') mualliflik qilishdi.

Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining yangi mavsum 1-turida «Liverpul» 23 avgust kuni safarda «Nyukasl Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ