«PSJ» murabbiyi «Lans»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat sabablarini aytdi
17 AVGUST, 2026, 06:48
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Frantsiya Superkubogi doirasida «Lans»dan uchralgan mag'lubiyat (0:1) yuzasidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hujumlarni yakunlashda aniqlik etishmadi. Nazarimda, o'yin tempi va maydondagi vaziyatlar juda ijobiy bo'ldi, ayniqsa birinchi bo'limda ko'rganlarimdan ko'nglim to'ldi. Yaqin oradagi to'qnashuvlarimiz bilan solishtirganda, bu «Lans»ning bizga qarshi eng kam vaziyat yaratgan o'yini bo'ldi. Natijadan qoniqmadim, chunki bundan ko'prog'iga loyiq edik. Ammo «Lans»ni tabriklashim kerak — ular g'alaba qozonishdi va o'zlariga xos shiddat bilan yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Shunday bo'lsa-da, menga jamoamning o'yini yoqdi.
«Lans» qaysi jihatlarda ustunroq edi? Hech qaysi. Ko'rganimdek, biz kuchliroq edik, ammo atmosfera va ularning harakatlarini hisobga olsak, raqib juda yaxshi himoyalandi. Biz o'yinni nazorat qildik. Yanada aniqroq vaziyatlarga ega bo'lishni istardik, lekin Usman Dembele va Nunu Mendeshda shunday imkoniyatlar bo'ldi. Juda yaxshi o'yin o'tkazdik, shunchaki omad bizdan yuz o'girdi», — deydi Enrike Le Figaro nashriga.
Parijliklarning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov maydonga asosiy tarkibda tushib, to'liq o'yin o'tkazdi va o'z darvozasidan bitta to'p o'tkazib yubordi.
