logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Liverpul» «PSJ»ning ikki futbolchisi uchun 200 million evro to'lamoqchi emas

 17 AVGUST, 2026, 06:42

«Liverpul» «PSJ»ning vingerlari Bredli Barkola va Ibraim Mbaye bo'yicha qo'ygan joriy moliyaviy talablarini bajarishga tayyor emas.

Parij klubi har ikki futbolchining transferidan katta daromad olishni va umumiy hisobda kamida 200 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» frantsuz va senegallik futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishga hanuz qiziqish bildirmoqda, biroq aytilgan summani to'lashni xayoliga ham keltirmayapti. «Qizillar» rahbariyati «PSJ»ni narxni tushirishga ko'ndirishga harakat qiladi.

Manbaning ta'kidlashicha, Barkola va Mbayening o'zi Andoni Iraola boshchilik qilayotgan jamoaga o'tishni xohlashmoqda. Ikkala futbolchi ham «PSJ»ning yakshanba kuni «Lans»ga qarshi kechgan Frantsiya Superkubogi qaydnomasiga kiritilmagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ